Bugun 26 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘oyib bo‘lgan samolyotni qidirish yana boshlandi

G‘oyib bo‘lgan samolyotni qidirish yana boshlandi

Malaysia Airlines aviakompaniyasining Kuala-Lumpur - Pekin yo‘nalishi bo‘yicha MH370 reysini bajarayotgan samolyoti Hind okeanida g‘oyib bo‘lganidan keyin deyarli 11 yil o‘tib, qidiruv ishlari qayta boshlanmoqda.

Deutsche Welle xabar berishicha, Amerikaning Ocean Infinity kompaniyasi qidiruv uchun bir nechta kemani jalb etadi va Malayziya transport vazirligi ularga to‘liq ko‘mak beradi. Bu haqda Malayziya idorasi rahbari Entoni Loke Siyeu Fuk 25 fevral seshanba kuni ma’lum qildi.

Uning aytishicha, tergovni qayta boshlash to‘g‘risidagi qaror ko‘plab ekspertlarning tadqiqotlari va ma’lumotlari asosida qabul qilingan. Biroq Malayziya transport vaziri qidiruv ishlari qachon boshlanishi va qancha davom etishi haqida aniq ma’lumot bermadi. U Malayziya hukumati va Ocean Infinity o‘rtasidagi shartnoma tafsilotlari hali muhokama qilinishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, kompaniya allaqachon Hind okeanida qidiruv ishlari uchun kemalardan foydalanmoqda.

Kiritildi: 23:36 25.02.2025. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!