Bugun 26 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Belarusda Tramp Vladimirovich dunyoga keldi

Belarusda Tramp Vladimirovich dunyoga keldi

Belarusda bir oila o‘g‘liga Tramp deb ism qo‘yibdi. Bolaning otasining ismi Vladimirovich ekan, deb xabar bermoqda Rossiya ommaviy axborot vositalari.

Novosibirsklik oila ikki yil oldin Minsk yaqinidagi bir qishloqqa ko‘chib kelgan ekan. U yerda Vladimirning ota-onasi istiqomat qiladi, o‘zi dasturchi bo‘lib ishlaydi, xotini Yelena esa floristika bilan shug‘ullanadi.

Ota-onaning bu tanlovi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi, chunki chaqaloqning ismi AQSh prezidentining familiyasi bilan ohangdosh. Biroq, oila bu qarorning siyosat bilan aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda. "Biz farzandimizning betakrorligini ko‘rsatmoqchi edik," - deb aytdi ota.

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma hali rasmiylashtirilmagan. Oilaning ism bo‘yicha qarorini o‘zgartirish uchun hali vaqti bor.

Kiritildi: 21:05 25.02.2025. O'qildi: 1375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!