2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida chet tilidan dars beradigan o‘qituvchilarda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘lishi shart. Bu talab 2021 yil 19 maydagi hukumat qarorida belgilangan.
Bu faqat ingliz tili emas, balki barcha chet tillariga taalluqli (ikkinchi chet tilidan dars beruvchilardan tashqari).
Eslatib o‘tamiz, bu talab 2024 yildan joriy etilishi kerak edi, ammo o‘qituvchilar va jamoatchilik so‘rovlari bilan bir yilga kechiktirilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilda B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilari soni 29 001 nafarni tashkil etgan.