Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saudiya klubi Vinisius transferi uchun jahon rekordini o‘rnatishga tayyor

Saudiya klubi Vinisius transferi uchun jahon rekordini o‘rnatishga tayyor

“Al-Ahli” klubi Madridning “Real” jamoasi bilan hujumchi Vinisius Juniorning transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Indykaila News nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi 25 yoshli braziliyalik futbolchining transferi uchun “qirollik klubi”ga 300 million funt sterling taklif qilishga tayyor.

Agar Vinisius “Real” bilan 2027 yil 30 iyunda yakunlanadigan shartnomasini uzaytira olmasa, transfer 2026 yilning yozida amalga oshishi mumkin.

Joriy mavsum Vinisius Junior barcha musobaqalar doirasida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 19:14 11.10.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!