Mamlakat kelajakda neft qazib olishga bo‘lgan qaramligini yengillatish uchun milliardlab dollar pullarni yangi infratuzilmalarni shakllantirishga sarflamoqda.
Qiymati 4,6 milliard funt sterlingdan ortiq bo‘lgan 1600 kvadrat millik mega kurort kelgusi yilda cho‘l hududi hashamatli jannatga aylantirilgandan so‘ng o‘zining birinchi sayyohlarini kutib oladi.
Amaala va Qizil dengiz loyihasi Saudiya Arabistoni amalga oshirilayotgan ulkan qurilish ishlarining bir qismidir.
Red Sea Global ishlab chiquvchilari Tabuk viloyatining Qizil dengiz sohilida shahzoda Muhammad bin Salmon qirollik qo‘riqxonasi ichida joylashgan qiziqarli sayyohlik yo‘nalishini yakunlash arafasida.
Global Construction Review ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha 42 milya qirg‘oq bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, unda 4000 ta xonali 30 ta mehmonxona va 1200 ta uy mavjud bo‘ladi.
20 kilometrdan ortiq yo‘llar ham qurildi, ularda elektr energiyasi, suv, irrigasiya va kommunikasiya infratuzilmasi mavjud bo‘ladi.
Nashrning xabar berishicha, ishlarning 80 foizga yaqini yakunlangan.