Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistonida COP16 boshlandi. Konferensiyada Samarqand deklarasiyasi qabul qilinadi (FOTOGALEREYa)

Saudiya Arabistonida COP16 boshlandi. Konferensiyada Samarqand deklarasiyasi qabul qilinadi (FOTOGALEREYa)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) Tomonlar konferensiyasi 16-sessiyasining (COP16) ochilish marosimida ishtirok etmoqda.

Saudiya Arabistonida COP16 boshlandi. Konferensiyada Samarqand deklarasiyasi qabul qilinadi (FOTOGALEREYa)

Delegasiya tarkibida Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Nodirjon Turg‘unov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va respublikaning boshqa idoralari vakillari ham bor.

Saudiya Arabistonida COP16 boshlandi. Konferensiyada Samarqand deklarasiyasi qabul qilinadi (FOTOGALEREYa)

«Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz» shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda konvensiyasining 197 ta ishtirokchisi (196 ta davlat va Yevropa Ittifoqi) vakillari ishtirok etmoqda.

Saudiya Arabistonida COP16 boshlandi. Konferensiyada Samarqand deklarasiyasi qabul qilinadi (FOTOGALEREYa)

Konferensiya davomida O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan Chang va qum bo‘ronlari bo‘yicha Samarqand deklarasiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Ta’kidlash joizki, katta ahamiyatga ega bu hujjat tadbirning eng muhim natijalaridan biriga aylanadi.

Saudiya Arabistonida COP16 boshlandi. Konferensiyada Samarqand deklarasiyasi qabul qilinadi (FOTOGALEREYa)

Konferensiya joriy yilning 13 dekabriga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Samarqandda BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi o‘tkazilgan bo‘lib, unda 196 mamlakatdan 1000 dan ortiq delegat ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 15:53. O'qildi: 422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!