Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida spirtli ichimliklar taqiqlanadi

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida spirtli ichimliklar taqiqlanadi

2034 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida muxlislarga stadionlarda spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) musobaqa tashkiliy qo‘mitasi bilan turnir o‘yinlarida mahalliy qonunchilikni buzgan holda pivo sotish imkoniyatini muhokama qilmoqchi emas.

FIFA Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionati vaqtida yuzaga kelgan vaziyatdan xulosa chiqardi. O‘shanda tashkilot pivo sotish huquqini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, ammo turnir boshlanishiga ikki kun qolganda, hukmron Al-Tani oilasi bosimi ostida ruxsatnoma bekor qilindi. Natijada FIFA pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyaga taxminan 40 million funt sterling miqdorida tovon to‘ladi.

Kiritildi: 18:25 17.12.2024. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!