Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiya Arabistoni yadroviy qurol yaratishi mumkin

Saudiya Arabistoni yadroviy qurol yaratishi mumkin

AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kelishuv qirollikning yadroviy qurol yaratishiga yo‘l ochishi mumkin.

CNN telekanali manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Saudiya Arabistoniga uranni xalqaro nazoratning kuchaytirilgan mexanizmlarisiz boyitishga ruxsat berishga dastlabki rozilik bildirgan.

Manbalarning ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi hujjat “123-kelishuv” deb nomlanadi. U tinch maqsadlardagi atom energetikasi sohasida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos yaratadi va AQSh kompaniyalariga Saudiya Arabistonining fuqarolik yadroviy dasturiga texnologiyalar hamda materiallar yetkazib berish imkonini beradi.

Biroq CNN'ning qayd etishicha, mazkur kelishuv hali AQSh qonunchiligida belgilangan tartibda Kongress ko‘rib chiqishiga taqdim etilmagan.

Telekanal tanishgan hujjatlarga ko‘ra, kelishuv loyihasi Saudiya Arabistonini Xalqaro atom energiyasi agentligining kuchaytirilgan xavfsizlik kafolatlarini qabul qilishga majburlamaydi.

Uranni boyitish yadroviy qurol yaratishning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat davlatlar atom elektr stansiyalari uchun zarur uranni AQSh yoki Rossiyadan xalqaro nazorat ostida xarid qiladi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 2023 yilda Fox News telekanaliga bergan intervyusida, agar Eron yadroviy qurol yaratsa, qirollik ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lishini aytgan edi.

Kiritildi: 15:51 19.07.2026. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!