Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni xayriya markazi O‘zbekistonga 25 tonna xurmo hadya qildi

A A A
Saudiya Arabistoni xayriya markazi O‘zbekistonga 25 tonna xurmo hadya qildi

Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi O‘zbekistonga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo mevasini hadya qildi. Bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi xabar berdi.

Xurmolarni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Solih Algahra O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Diniy idora raisining Iqtisod ishlari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Eshimov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Isoxon Abdullayevga topshirgan.

Endilikda hadya qilingan xurmo mevalari “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda “Muruvvat” uylari va shifoxonalardagi haqdor yurtdoshlarga xayriya qilinadi.

Topshirish marosimida “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi vakillari Adnan Xatim Asiriy va Alaqil Abdulhakim Sa’ad ham ishtirok etgan.

Kiritildi: 10:59 14.06.2024. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!