Saudiya Arabistoni shahzodasi Turkiy bin Muhammad bin Fahd Ol Saud ishchi tashrif bilan Chechenistonga keldi.
Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Bugun Checheniston Respublikasiga ishchi tashrif bilan Saudiya Arabistoni shahzodasi, Oliy Hazratlari Turkiy bin Muhammad bin Fahd Ol Saud keldi.
Dastlab shahzoda bilan birgalikda Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidagi yangi tumanga tashrif buyurdik", — deb yozdi Qodirov.
Mehmon uchun yangi tuman bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unga hududda kelajakda barpo etilishi rejalashtirilgan ob’ektlarning qurilish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, shahzoda ko‘rganlaridan ijobiy taassurot olgan.