Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistoni poytaxtidagi maktablarda darslar onlayn shaklga o‘tkazildi

Saudiya Arabistoni poytaxtidagi maktablarda darslar onlayn shaklga o‘tkazildi

Bunday qarorga Yaman husiylari hujumlari xavfi tufayli kelindi, deyiladi AFP xabarida.

Qaror 27 sentyabr, yakshanba kuni kuchga kirdi va 1 oktyabr, payshanba kuniga qadar amal qiladi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar bu davrda maktablarga bormaydilar, darslar elektron ta’lim platformalari orqali o‘tkaziladi.

Masofaviy formatga o‘tish haqida ota-onalar elektron pochta orqali xabardor qilindi. Manbalarning xabar berishicha, xabarlarda maktablar vaqtincha yopilishining aniq sababi ko‘rsatilmagan.

Qaror mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining keskinlashuvi fonida qabul qilindi.

Bir kun oldin Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya poytaxt Ar-Riyod va mamlakatning boshqa hududlarida Yaman husiylari tomonidan uchirilgan dronlar va raketalarni havoda urib tushirganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 21:31 27.09.2026. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!