Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishi oldidan mudofaa choralarini kuchaytirdi

Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishi oldidan mudofaa choralarini kuchaytirdi

Mamlakat Mudofaa vazirligi Makka atrofida joylashtirilgan zenit-raketa majmualari tasvirlarini e’lon qildi.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli kuchlar Haj mavsumiga tayyorgarlikni to‘liq yakunlagan va ziyoratchilar hamda muqaddas maskanlarni himoya qilish uchun to‘liq jangovar shay holatga keltirilgan.

Xavfsizlikni ta’minlashga quruqlik qo‘shinlari, harbiy-havo kuchlari, havo mudofaasi bo‘linmalari, harbiy-dengiz floti, shuningdek tibbiy va texnik xizmatlar jalb etilgan.

Xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat bilan bog‘liq. So‘nggi haftalarda Saudiya Arabistoni rasmiylari mamlakat havo hududini buzgan dronlar tutib qolinganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:31. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!