Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Sanoat korxonalariga 2025 yil 1 dekabrgacha zararli tashlamalarni 2 baravar kamaytirish topshirildi

A A A
Sanoat korxonalariga 2025 yil 1 dekabrgacha zararli tashlamalarni 2 baravar kamaytirish topshirildi

Atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirish maqsadida korxonalar zimmasiga muhim majburiyatlar yuklandi.

2023 yil 31 maydagi Prezident Farmoni (№81) va 2024 yil 25 noyabrdagi VMK qarori (№783)ga muvofiq, I toifaga kiruvchi korxonalar 2026 yil 1 yanvargacha, II toifa korxonalar esa 2026 yil 1 iyulgacha quyidagilarni amalga oshirishi shart:

🗣avtomatik atmosfera monitoring stansiyalarini o‘rnatish va ekologiya organlariga ulash;

🗣yuqori samaradorlikka ega chang-gaz hamda suv tozalash uskunalarini o‘rnatish, modernizasiya qilish;

🗣sanitar himoya zonalarini avtomatik kuzatuv postlari bilan jihozlash.

Majburiyatlar bajarilmagan taqdirda atrof-muhitni ifloslantirish uchun kompensasiya to‘lovlari 5 baravar oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Kiritildi: 09:24 24.11.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!