Qayd etilishicha, Argentina termasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Nigeriyaga qarshi uchrashuv uchun asosiy tarkibni tanlashda ishtirok etmaydi. Boshlang‘ich tarkibni futbolchilarning o‘zlari tanlaydi, ammo yakuniy so‘z Messi va Maskeranoda qoladi.
Shuningdek, Sampaoli Nigeriya qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda zaxira o‘rindig‘ida bo‘lmaslik ehtimoli ham ta’kidlanadi.
2-turda Xorvatiyadan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Argentining guruhdagi holati yomonlashdi. 1-turda Messi jamoadoshlari Islandiyani yengishning uddasidan chiqa olmagan — hisob 1:1 hisobidani durang bilan yakunlangandi. Salbiy natijalar va g‘alabasiz o‘yinlardan so‘ng jamoa tanqidlarga uchradi. Shuningdek, jamoa o‘yinchilari bosh murabbiy Sampaoliga qarshi chiqqani borasida xabarlar paydo bo‘ldi.
Ma’lumot uchun Nigeriyaga qarshi hal qiluvchi tur uchrashuvi 26 iyun sanasida o‘tkaziladi.
Manba: daryo.uz