Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 25-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltaklagani aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tarbiyachi, dastlab, bolalarga baqirgani, so‘ngra ulardan bir nechtasining boshiga urgani va siltaganini ko‘rish mumkin.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat 14 fevral kuni sodir bo‘lgani, tarbiyalanuvchiga qo‘l ko‘targan tarbiyachi G. A.ning ishi jinoyat ishlar bo‘yicha Jomboy tuman sudida ko‘rib chiqilgan.

Tarbiyachiga bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari (1 mln 100 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan.

Kiritildi: 14:09 06.03.2025. O'qildi: 1966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!