Viskonsin shtatida yashovchi 20 yoshli Odri Beykberg 1962 yilning iyul oyida g‘oyib bo‘ldi. O‘shandan beri ikki farzandning onasidan hech narsa eshitilmadi. Hozirda 82 yoshli Beykberg Viskonsindan tashqarida topilgani xabar qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol o‘g‘irlanmagan, o‘z xohishi bilan uydan chiqib ketgan. Bunday harakatga erining doimiy zo‘ravonligi sabab bo‘lgan.
Beykberg eski ochilmagan jinoyatlarni tekshirish natijasida topilgan. Polisiya ayolni internet qidiruvi orqali topdi.