Samarqandda yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi oqibatida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kabinada yong‘in chiqqanidan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yuk mashinasi yo‘ldagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida haydovchi halok bo‘lgan.
Voqea yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. Hodisaning aniq sabablari va yong‘in kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.