Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda o‘rmon xo‘jaligining 10 gektardan ortiq hududida yong‘in sodir bo‘lgani aniqlandi

Samarqandda o‘rmon xo‘jaligining 10 gektardan ortiq hududida yong‘in sodir bo‘lgani aniqlandi

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Kattaqo‘rg‘on Davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon fondi hududining ma’lum qismi yoqib yuborilganligi haqida murojaat kelib tushdi.

Holat viloyat ekologiya boshqarmasi, tuman hokimligi, prokuratura va mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Natijada o‘rmon xo‘jaligi hududining 10,5 gektar maydonida yong‘in bo‘lganligi hamda 7,4 gektar yer maydoni yong‘indan zararlangani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qonunbuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 20-21-moddalari, "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunning 37-moddasi hamda "O‘rmon tog‘risida"gi Qonunning 57-moddasi talablari buzilgan.

O‘rganish davomida yong‘in sodir bo‘lgan 10,5 gektar yer maydonidagi manzarali daraxtlar xatlovdan o‘tkazildi. Natijada 7,4 gektar yer maydonidagi 116 tup jiyda, 5 tup tol hamda 49 580 tup yulg‘un butalari shikastlanganligi aniqlandi. Tabiatga jami 1 milliard 884 million 675 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hujjatlar holatga qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi.

Kiritildi: 14:45 02.05.2025. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!