Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringan shaxs ushlandi

Samarqandda Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringan shaxs ushlandi



Samarqand shahrida yashovchi, 1956-yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik uchun sudlangan shaxs vakolati bo‘lmagan holda 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan.

U buning evaziga 4 800 AQSh dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Samarqand viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 3 000 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

❗️Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:02 02.10.2026. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!