Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda TATU filiali xodimi va uning sherigi 4200 AQSh dollarini olayotganda qo‘lga tushdi

Samarqandda TATU filiali xodimi va uning sherigi 4200 AQSh dollarini olayotganda  qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqarolarga Qozog‘istondagi institutlardan birida o‘qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab bermoqchi bo‘lgan fuqaro va uning sherigi ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro B.T. tanishlari orqali fuqaro SH. ning ukasi va jiyaniga Qozog‘iston Respublikasidagi institutlarning birida 2020 yilning sentyabr oyidan o‘qiyotganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab bera olishini ma’lum qiladi. U buning evaziga 4200 AQSh dollarni olganida qo‘lga tushgan.

Uning ko‘rsatuvlariga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi M. fuqaro B.T.dan 3000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Kiritildi: 15:26 27.05.2021. O'qildi: 1823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!