Urgut tumanida oldindan kuzatuvda bo‘lgan, 59 yoshli va muqaddam narkotik savdosi uchun sudlangan shaxs navbatdagi jinoyati chog‘ida qo‘lga olindi.
U Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 993 gramm “opiy” moddasini shartli xaridorga $15 mingga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.