Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Samarqandda qarzdorning 4,6 mlrd so‘mlik mulki savdoga chiqarildi

A A A
Samarqandda qarzdorning 4,6 mlrd so‘mlik mulki savdoga chiqarildi

Samarqand shahridagi «A.S.» MCHJ tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida mahalliy banklarning biridan kredit olgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 4 mlrd 650 mln so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2025 yil 15 iyundagi qaroriga ko‘ra, qarzdorlikni undirish uchun garovga qo‘yilgan korxona binosiga yo‘naltirilgan. Shunga qaramasdan, korxona rahbariyati tegishli choralarni ko‘rmagan.

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi inspektorlari korxona rahbariyatini bir necha bor ogohlantirib, mol-mulkka taqiq qo‘ygan. Qarz to‘lanmaganligi sababli garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk – korxona binosi 4,65 mlrd so‘mga baholanib, onlayn auksionda sotishga chiqarildi.

Kiritildi: 14:44 24.10.2025. O'qildi: 1506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!