Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Cobalt YTH sodir etdi

Samarqandda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Cobalt YTH sodir etdi

Joriy yilning 30-aprel kuni soat 10:30 larda, Urgut tumani “Sariqtepa”mahallasi hududidan o‘tuvchi D-066 avtomobil yo‘lining 66 kilometrida haydovchi “Cobalt” rusumli avtomobilini Urgut-Kenagas yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan, transport vositasini quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan vaqtida to‘g‘ridan o‘z yo‘lida kelayotgan, “VAZ-21-063” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib YTH sodir qilgan.

YTH natijasida jarohatlanganlar tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilgan holda transport vositasini boshqarishlarini so‘rab qolamiz

Kiritildi: 12:27 03.05.2025. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!