Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda ko‘cha fuqarolar tomonidan vaqtincha to‘sib qo‘yildi

Samarqandda ko‘cha fuqarolar tomonidan vaqtincha to‘sib qo‘yildi

«Samarqand viloyati Ishtixon tumani, “O‘zbekiston” mahallasi binosi oldidan o‘tuvchi ko‘chaning M-37 yo‘liga chiqish qismi ayrim shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yopib qo‘yilgan», — degan mazmunda ijtimoiy tarmoqlarda murojaat tarqalgani munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Samarqand viloyati Ishtixon tumani “O‘zbekiston” mahallasi binosi oldidan M-37 yo‘liga olib chiquvchi yo‘l qismi ayrim fuqarolar tomonidan vaqtincha to‘sib qo‘yilgani aniqlandi.

Mazkur holat mahalliy aholining harakatlanishida noqulayliklar keltirib chiqargani bois, mas’ul tashkilotlar tomonidan tegishli choralar ko‘rildi va yo‘l qayta ochildi.

Davlat tasarrufidagi yo‘llardan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish barcha fuqarolar uchun muhimdir.

Kiritildi: 19:35 14.07.2025. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!