Samarqand shahrida jamoat transportidan foydalanish narxi oshirildi. Bu haqda viloyat hokimi Adiz Boboyev 2025 yil 15 aprel kuni tegishli qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, shahar bo‘ylab avtobus, elektrobus va tramvaylarda naqd pul orqali to‘lov bir yo‘lovchi uchun 3 ming so‘m etib belgilandi. Bank kartalari orqali mazkur miqdor 2 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, jamoat transportidan kunlik, oylik va haftalik cheksiz foydalanish narxlari belgilandi.
Oddiy yo‘lovchilar uchun bir kunlik narx 7-8 ming so‘mni, oylikda 200-277 ming so‘mni tashkil etadi. Yillik miqdor esa 1 mln 927 ming (umumiy 2 mln 715 ming so‘m).
Imtiyozli kartalardan foydalanuvchilar (nogironlar, pensionerlar, talabalar) ga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi.
Qaror e’lon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.