Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda hunarmandlar va rassomlar shaharchasi tashkil etiladi

Samarqandda hunarmandlar va rassomlar shaharchasi tashkil etiladi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va Badiiy akademiya raisi Akmal Nur shu masalada ushrashuv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, hozirda Samarqanddan uncha uzoq bo‘lmagan hududda shaharchani tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

Ikki rahbar Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatini shahar markaziga ko‘chirish, badiiy ta’lim, xususan, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tanlab olish, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizimni shakllantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzoladi.

Kiritildi: 13:18 31.07.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!