Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqandda harbiylar o‘rtasida triatlon sport turi bo‘yicha 25-jahon chempionati boshlandi

Samarqandda harbiylar o‘rtasida triatlon sport turi bo‘yicha 25-jahon chempionati boshlandi

Bugun Samarqand tumanida sportning triatlon turi bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi 25-jahon chempionati start oldi.

Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, nufuzli musobaqada dunyoning 13 davlati — O‘zbekiston, Belgiya, Kanada, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Sloveniya, Shveytsariya, Qatar, Rossiya, Eron, Portugaliya va Qozog‘istondan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

Bellashuvlar yakka tartib va jamoaviy yo‘nalishlarda o‘tkazilib, sportchilar 750 metrga ochiq suv havzasida suzish, 19 kilometr velopoyga hamda 5 kilometr yugurish bosqichlarida o‘z mahoratlarini namoyon etadilar.

Kiritildi: 17:28 19.08.2025. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!