Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda gaz o‘g‘risi ushlandi

Samarqandda gaz o‘g‘risi ushlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida "Dukchiyon" MFYda joylashgan choyxona o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 556,8 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:22. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!