Bugun 1 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqandda furalarni yoqib yuborgan ota-bolalar qamoqqa olindi

Samarqandda furalarni yoqib yuborgan ota-bolalar qamoqqa olindi

Toyloq tumanidagi logistika markaziga tegishli bir nechta yuk mashinalari qasddan yoqib yuborilgani haqida xabar qilingan edi. Samarqand viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

IIBga ko‘ra, 28 noyabr kuni soat 21:50 da Toyloq tumani Beklar mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan K.A. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 1990 yilda tug‘ilgan G‘.R. va 1991 yilda tug‘ilgan N.R. bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab janjallashgan.

Janjaldan keyin K.A. o‘zining 2005 va 2007 yilda tug‘ilgan farzandlari bilan birga G‘.R. va N.R. boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinalariga benzin sepib, ularni yoqib yuborgan.

Yong‘in tezda bartaraf etilgan va boshqa transport vositalaridagi yuklariga zarar yetkazilishining oldi olingan.

Hodisa bo‘yicha 29 noyabr kuni Toyloq tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchi shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:00 30.11.2025. O'qildi: 1039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!