Joriy yil 14 fevral kuni Bosh prokuror o‘rinbosari SH.Aminov rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish jarayonida ta’minot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida sohadagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ta’minot korxonalari rahbarlariga sohada keskin o‘zgarishlar qilish, ijro va mehnat intizomini qat’iy ta’minlash, ayniqsa, xodimlar o‘rtasida profilaktika choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.