Samarqand viloyatining Payariq tumani, Guliston mahallasidan o‘tgan yo‘lda 2 fevral kuni soat 10:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi
Ma’lum qilinishicha, Cobalt haydovchisi xavfli burilish paytida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan KamAZ yuk mashinasining yo‘liga chiqib ketib to‘qnashgan.
Hodisa oqibatda Cobalt haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.