Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda 855 000 AQSh dollar mukofot puliga ega Grand Swiss 2025 turniri start arafasida

Samarqandda 855 000 AQSh dollar mukofot puliga ega Grand Swiss 2025 turniri start arafasida

3-15 sentyabr kunlari Samarqand shahrida nufuzli musobaqalardan biri — “Grand Swiss 2025” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.

“Grand Swiss 2025” musobaqasi shveysarcha tizimda 11 tur davomida o‘tkaziladi. Unda jahon shaxmat reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan kuchli grossmeysterlar, shuningdek FIDE prezidenti tavsiyasi bilan taklif etilgan shaxmatchilar va xalqaro musobaqalar g‘oliblari qatnashadilar.

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to‘rt nafar talabgorni (2 erkak va 2 ayol shaxmatchi) jahon shaxmat tojiga bo‘ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat.

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan turnirda 160 nafarga yaqin yetakchi shaxmatchi ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 855 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Kiritildi: 22:30 01.09.2025. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!