Bugun 25 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda 19 yoshli talaba qiz 9-qavatdan o‘zini tashladi

Samarqandda 19 yoshli talaba qiz 9-qavatdan o‘zini tashladi

19 fevral kuni Samarqandda 2005 yil 7 iyunda tug‘ilgan qiz M.S. o‘zi yashab turgan ko‘p qavatli kvartiraning 9-qavatidan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi.

Bosh prokuraturaning aniq.uzga ma’lum qilishicha, hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Marhumaga tegishli telefon olib qo‘yilgan va ish uchun ahamiyatli ma’lumotlar mavjudligiga aniqlik kiritish uchun "Kiberxavfsizlik markazi" DUKga kompyuter texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.

Ma’lumot uchun, M.S. Samarqand shahrida joylashgan ISFTda 1-bosqich talabasi bo‘lgan va buvisi bilan yashab kelgan.

Kiritildi: 16:26 24.02.2025. O'qildi: 1098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!