"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O. B.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-92 markali avtobenzin laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan 1 420 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.
1⃣Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.