Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqand viloyatida chora ko‘rmaslikni va’da qilgan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Samarqand viloyatida chora ko‘rmaslikni va’da qilgan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i J.R. “Zarafshon” MFY hududidagi 150 tup terak daraxtlari kesilganligi holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar yuzasidan chora ko‘rmaslik va tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirish, transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga fuqaro J.S.dan 11 mln so‘mlik kompyuter jamlanmasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:55 09.07.2026. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!