Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqand va Xorazmda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Samarqand va Xorazmda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.B.” fermer xo‘jaligi rahbari I.X. tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 243,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Shovot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.O.” fermer xo‘jaligi rahbari N.B. tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 205,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentining Urganch shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.S.” MCHJ rahbari S.X. savdo do‘konida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 102 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:45 07.07.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!