"Ibn Xoldun" ko‘chasini zamonaviy va o‘ziga xos “Asian World” turizm ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilgan. Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hasan Ochilov hamda mas’ul rahbarlar ko‘chada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, loyiha doirasidagi vazifalarni muhokama qildi.
Loyiha asosida ko‘cha hududi yagona me’moriy va dizayn konsepsiyasi asosida qayta tashkil etiladi. Piyodalar yo‘laklari, zamonaviy yoritish tizimi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari hamda ko‘cha bezaklari uyg‘unligi orqali hududning sayyohlik va gastronomik jozibadorligini oshirish ko‘zda tutilgan.