Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.R. va boshqalar “O‘zbekiston 3-berk” ko‘chasidagi uyni ijaraga olib, ushbu binoda yashirin sex tashkil qilib, “Felix”, “Sibiria” va “Rosdot” nomli brendlar ostida avtomobillar uchun qalbaki moy, antifriz va tormoz suyuqliklarini ishlab chiqarayotganliklari, shuningdek sexda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib, 245 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.