Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqand shahri Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

Samarqand shahri Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

Samarqand shahri 2025 yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi.

Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori o‘rtasidagi uchrashuvda ta’kidlandi.

"Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Kengayib borayotgan hamkorligimiz haqida atroflicha fikr almashdik.

ICESCOning istiqbolli tashabbuslarini, jumladan, 2025-yilda Samarqand shahrini Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishini olqishlaymiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish va yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan Harakatlar rejasini imzoladik", dedi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram sahifasida.

Kiritildi: 22:50 24.05.2025. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!