“Rossiya” aviakompaniyasining Sukhoi Superjet 100 samolyoti 10 iyul, yakshanba kuni ertalab Samarqanddan Moskvaga uchgan, biroq texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qaytgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Rossiya” aviakompaniyasining FV-6552 reysi bugun jadval bo‘yicha soat 07:17 da Samarqand xalqaro aeroportidan Moskvaga uchdi. Texnik sabablarga ko‘ra ekipaj aeroportga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qildi va soat 9:00 da kelib qo‘ndi”, - deya ma’lum qilgan Samarqand aeroporti xodimi.
Aniqlik kiritilishicha, hozir Sukhoi Superjet 100 layneri aeroportning zaxira yo‘lagida turibdi, uning bortida bo‘lganlar jabrlanmagan.