Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Saida Mirziyoyeva yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, ijodiy studiyalar hamda OTM vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, ijodiy studiyalar hamda OTM vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi



Prezident Administrasiyasi rahbari Toshkent shiddat bilan kengayib borayotgani, shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyat inobatga olinsa, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilayotganini ta’kidladi.

Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerakligi qayd etildi.

“Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillariga ko‘maklashamiz. Aynan shunday yondashuv Yangi O‘zbekiston siyosatiga to‘la mos keladi”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:20 15.09.2026. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!