Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda o‘z yechimini topdi. Biroq ob’ektlarning soni va ko‘lamidan qat’i nazar, ularning barchasi bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha o‘rganib chiqiladi.
“Xonqa tumanida mukammal ta’mirga juda muhtoj bo‘lgan 2-maktabni, shuningdek, qarovsiz tashlab qo‘yilgan va avariya holatiga kelib qolgan 49-maktabgacha ta’lim muassasasini ko‘zdan kechirdik.
Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida ham bo‘ldik. Hozirda o‘quv auditoriyalari hamda akademiyaning bo‘lajak tarbiyalanuvchilari maktab-internati bitta binoda joylashgan. Kelgusida qo‘shimcha bino qurilib, har bir muassasa o‘zining alohida, to‘laqonli sharoitiga ega bo‘ladi”, deb yozdi Prezident Administrasiyasi rahbari.