Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva: «Men uchun Teach for Uzbekistan loyihasiga oid hikoyalar juda qadrli»

Saida Mirziyoyeva: «Men uchun Teach for Uzbekistan loyihasiga oid hikoyalar juda qadrli»

Prezident Administrasiyasi rahbari loyiha doirasida suratga olingan filmni e’tirof etdi.

Teach for Uzbekistan — O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda, innovasion va barqaror ijtimoiy rivojlanishga hissa qo‘shishga qaratilgan ijtimoiy tashabbus bo‘lib, uning asosiy maqsadi yetakchilik salohiyatiga ega yosh mutaxassislarni ta’lim tizimiga jalb qilish orqali maktablarda ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishdir. Tashkilot, ayniqsa, hududiy maktablarda o‘quvchilarga sifatli bilim berish, qo‘shimcha, yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Teach for Uzbekistan dasturi doirasida ishtirokchilar nafaqat dars beradi, balki maktab muhitida ijobiy o‘zgarishlar qilishga, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, liderlik va kelajakka ishonchni shakllantirishga hissa qo‘shadi. Tashkilot uzoq muddatda ta’lim orqali jamiyatni rivojlantirish, mas’uliyatli va faol fuqarolarni tarbiyalashni ko‘zlaydi.

🎤 «Bu — inson kapitali rivojiga qaratilgan, iste’dodli yoshlar uchun imkoniyat yaratuvchi va bolalarning ustozlariga bo‘lgan samimiy muhabbatini aks ettiruvchi loyiha», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Loyiha doirasida suratga olingan ushbu film esa dastur ishtirokchilari va o‘qituvchilarning haqiqiy hayoti, ularning kundalik mehnati, ichki kechinmalari va motivasiyasini ochib beradi. Film tomoshabinga ta’limning faqat darslik emas, balki inson taqdiri, ishonch va fidoyilik ekanini ko‘rsatadi.

Film orqali Teach for Uzbekistan’ning g‘oyasi — bitta o‘qituvchi, bitta sinf va bitta qaror butun bir hayotni o‘zgartirishi mumkinligi — ta’sirli va samimiy tarzda yetkazilgan.

Kiritildi: Bugun 20:07. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!