Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Suhbat davomida ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va biznes bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar uchun teng shart-sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston-Amerika biznes forumi — ikki davlatning 150 dan ortiq ishbilarmonlari o‘rtasida yangi loyiha va g‘oyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilish uchun samarali va o‘ziga xos platforma ekani ta’kidlandi.
Lemm xonim tomonidan taqdim etilgan, O‘zbekistonda shaffoflik tamoyillarini ilgari surish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirish va axborot siyosatini modernizasiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizni e’tirof etuvchi mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildiraman, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.