Bugun beminnat yordam qo‘lini cho‘zayotgan barchaga, birinchi navbatda, tegishli idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat, boshpana va psixologik yordam ko‘rsatgan poytaxtimizning jonkuyar aholisiga minnatdorlik bildiraman.
⠀
Qutqaruvchilar — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlariga, tez tibbiy yordam shifokorlariga alohida rahmat aytaman. Agar o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilmaganda fojia oqibatlari bundan-da yomon bo‘lishi mumkin edi.
⠀
Sizlar — mamlakatimizning haqiqiy vatanparvarlarisiz.
⠀
Ishontirib aytmoqchimanki, Prezidentimiz topshiriqlari bilan fojia oqibatlarini tezda bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan. Davlatimiz rahbari uchun har bir fuqaro muhim va qadrli. Fursatdan foydalanib, jabrlanganlarning oila a’zolariga o‘zimizning chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
⠀
Bunday kunlar bizni ham birlashtiradi, ham sinaydi. Barchamiz mavjud vaziyatdan to‘g‘ri saboq chiqaramiz, deb umid qilaman.
⠀
Yurtimiz tinch bo‘lsin.