Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Saida Mirziyoyeva 14 yashar qizni zo‘rlagan uch kishining muddatidan avval ozodlikka chiqqanini tanqid qildi

Saida Mirziyoyeva 14 yashar qizni zo‘rlagan uch kishining muddatidan avval ozodlikka chiqqanini tanqid qildi

Voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan uch kishi shartli ravishda ozodlikka chiqarilgani haqida xabar topgach, qattiq tushkunlik va og‘riqni his qildim. Bu odamlar normal hayotga qaytishdi, yana bolalar bilan ishlashda davom etishmoqda.

Bizning voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishga doir qonunchiligimiz bolalardan ko‘ra ko‘proq jinoyatchilar haqida qayg‘uradi va mening fikrimcha, bu adolatsizlikni zudlik bilan tuzatish zarur.

Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari bolalar va o‘smirlarni himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlarga javob bermaydi. Bunday jinoyatlar uchun, istisno tariqasida, ozodlikni cheklash yoki ahloq tuzatish ishlari tarzida jazo qo‘llanilmasligi kerak. Ushbu moddalarni kuchaytirish kerak, ularga barvaqt ozod bo‘lish imkoniyatisiz jiddiy muddatlar qo‘llanilishi lozim.

Hozir esa haddan tashqari yengil jazolar potensial jinoyatchilarni qo‘rqitmaydi va turli "samosud"larga turtki bermoqda.

Shuni yodda tutish kerakki, bolalar va o‘smirlarni manipulyasiya qilish, ularni qo‘rqitish oson, ular o‘zlarining xatti-harakatlari uchun ongli ravishda javobgar bo‘lolmaydilar. Har qanday holatda ayb butunlay kattalarga yuklanadi.

Keling, zo‘ravonlarga emas bolalarga g‘amxo‘rlik qilaylik. Bu sohaga doir qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish zarur. Qancha tez bulsa, shuncha yaxshi.

Saida Mirziyoyeva

Kiritildi: 21:25 04.08.2022. O'qildi: 6014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!