Polshaning Belostok shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Butunjahon yengil atletika federasiyasining taqvimidan o‘rin olgan bronza darajadagi ushbu musobaqada O‘zbekiston jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva ham ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Safina 1.90 metr natija bilan mavsumdagi eng yuqori natijasini ko‘rsatdi.
Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Safina Sadullayeva (O‘zbekiston) - 1.90 metr
2. Katerina Tabashnik (Ukraina) - 1.87
3. Viktoriya Miaso (Polsha) - 1.84