Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etdi.
Prezident sammitdan so‘ng O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, yurtiga jo‘nab ketdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.