Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga qayta nomzodini qo‘ymoqchi

Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga qayta nomzodini qo‘ymoqchi


Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy saylov komissiyasiga davlat rahbarligiga o‘z nomzodini mustaqil ravishda ilgari surish to‘g‘risida ariza topshirdi.

Japarov 2021 yil 10 yanvardagi muddatidan oldingi saylovda 79,2 foiz ovoz bilan prezident etib saylangan va 28 yanvardan vazifasini bajarishga kirishgan.

Amaldagi Konstitusiya prezidentlik muddatini besh yil etib belgilaydi. Konstitusiyaviy sud Japarovning avvalgi olti yillik vakolat muddatini birinchi muddat sifatida hisoblashga qaror qilgan.

Shu tariqa, u bo‘lajak saylovda ikkinchi besh yillik muddat uchun kurashmoqchi.

Kiritildi: 21:43 10.11.2026. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik