Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisidagi “Vivamedi” klinikasidan chiqarilib, yana Rustavi shahridagi 12-sonli qamoqxonaga jo‘natildi. Penitensiar xizmatga ko‘ra, uning sog‘ligi hozir yaxshi holatda va u davolanishni davom ettirishga muhtoj emas.
Saakashvili 2021 yil sentyabr oyida maxfiy ravishda Gruziyaga qaytib kelgan va ortidan hibsga olingan edi. U qamoqda bir necha marta ochlik e’lon qilgan. 2022 yil may oyida sog‘ligi yomonlashgani sababli Tbilisidagi klinikaga o‘tkazilgandi.
Hozirda siyosatchi bir necha jinoyat ishlari bo‘yicha tayinlangan jazoni o‘tamoqda. Sud qarorlariga ko‘ra, u umumiy hisobda 12 yil 6 oy qamoq jazosiga hukm qilingan.